“YEOII yagona dori vositalari bozori” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Moskva shahrida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YEOII) aʼzo davlatlarning farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yagona dori vositalari bozorini yaratish maqsadida tashkil etilgan “YEOII yagona dori vositalari bozori” mavzuidagi xalqaro amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yurtimizdan "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi raisi Ismatjon Azizov ishtirok etdi.
U oʻz maʼruzasida Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini milliy talablarga muvofiq roʻyxatga olish jarayonining huquqiy meʼyorlari, xavfsizlik va sifat talablariga javob berish masalalari hamda xalqaro standartlarga mos keluvchi tartibotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, konferensiya davomida huquqiy va texnik reglamentlar boʻyicha muammolarni hal qilishga qaratilgan dolzarb masalalar, shu jumladan, dori vositalarining umumiy standartlari va meʼyoriy - huquqiy bazalarini birlashtirish muhokama qilindi.